O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI GAROV REESTRI
O'zbekiston Respublikasining "Garov reestri to‘g‘risida"gi Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil 19-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2013-yil 22-avgustda ma’qullangan
Senat tomonidan 2013-yil 22-avgustda ma’qullangan
Ushbu Qonunning maqsadi garov reestrini yuritish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining garov reestri to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
garov reestri — qarzdorlarning majburiyatlari bajarilishini ta’minlash vositasi sifatida berib qo‘ygan mol-mulkiga nisbatan kreditorlarning huquqlari to‘g‘risidagi, shuningdek qarzdorning mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanishga doir huquqlariga qonunga muvofiq qo‘yilgan cheklov hamda qarzdor o‘z majburiyatlari lozim darajada bajarilishini ta’minlashi bilan bog‘liq boshqa talablar haqidagi yozuvlarni (bundan buyon matnda yozuvlar deb yuritiladi) o‘z ichiga olgan ma’lumotlarning yagona axborot bazasi;
kreditor — qarzdordan o‘zining majburiyatlari bajarilishini talab qilish, majburiyatlar bajarilmagan hollarda esa — majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash vositasi sifatida berib qo‘yilgan qarzdorning mol-mulki hisobiga o‘z talablarining imtiyozli ravishda qanoatlantirilishini talab qilish huquqiga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
qarzdor — kreditor foydasiga mol-mulkni berish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, pulni to‘lash yoki buzilishi kreditorning majburiyatlar bajarilishini ta’minlash vositasi sifatida qarzdor berib qo‘ygan mol-mulkka undiruvni qaratishga bo‘lgan imtiyozli huquqi yuzaga kelishiga sabab bo‘ladigan boshqa majburiyatlarni bajarish bilan bog‘liq harakatni sodir etishi shart bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
foydalanuvchilar — garov reestrini yurituvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma asosida garov reestriga yozuv kiritish huquqiga ega bo‘lgan kreditor, qarzdor sifatida qatnashayotgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek qonunga muvofiq mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanishni cheklab qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan tergov hamda surishtiruv organlari, davlat soliq va bojxona xizmati organlari;
yagona ro‘yxatdan o‘tkazish raqami — garov reestriga kiritilgan yozuvga beriladigan alohida ro‘yxatdan o‘tkazish raqami.
Garov reestrini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzurida tashkil etiladigan garov reestrini yurituvchi tashkilot zimmasiga yuklatiladi.

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 12-iyundagi 155-sonli “Garov reestri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarorining 1 va 2-bandlari.
murojaat etgan har bir yuridik yoki jismoniy shaxs bilan tuziladigan shartnoma asosida yozuv kiritish uchun garov reestriga kirish, shuningdek undan real vaqt rejimida, shu jumladan Internet axborot tarmog‘i orqali foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi;
yuridik va jismoniy shaxslarga garov reestridan foydalanish bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatadi;
murojaat etgan yuridik va jismoniy shaxslarga garov reestriga yozuv kiritish oqibatlarini tushuntiradi;
garov reestridagi axborotni qarzdor — soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami yoki yozuvning yagona ro‘yxatdan o‘tkazish raqami bo‘yicha izlash imkoniyatini ta’minlaydi;
foydalanuvchiga kiritilgan yozuv to‘g‘risida elektron shaklda, zarur hollarda esa qog‘ozda axborot taqdim etadi.
garov reyestriga o‘zlari kiritgan yozuvlar muntazam ravishda yangilanib turilishini ta’minlashi shart.
majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash (garov) vositasi sifatida qarzdorlar berib qo‘ygan mol-mulkka nisbatan kreditorlarning huquqlari, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslardan, shu jumladan ushlab qolish, lizing, tovarga bo‘lgan mulk huquqini tovarning haqi to‘langunga qadar sotuvchida (kreditorda) saqlab qolgan holda uni sotish, kelajakda muayyan hodisa yuz bergan taqdirda mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqini boshqa shaxsga o‘tkazish, to‘lovni kechiktirgan yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lagan holda tovarlarni olish-sotishdan yuzaga keladigan huquqlar to‘g‘risidagi;
undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish to‘g‘risida sudning qonuniy kuchga kirgan qarori to‘g‘risidagi;
qarzdorning mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanishga doir huquqlarini cheklash (servitut, mol-mulkni xatlash, bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish) to‘g‘risidagi;
qarzdorning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzlarini to‘lash to‘g‘risidagi talablar to‘g‘risidagi;
qarzdorning ta’minlangan majburiyati bajarilmagan taqdirda yuzaga keladigan boshqa talablar to‘g‘risidagi yozuv kiritiladi.
qarzdor va kreditor to‘g‘risidagi axborot (soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, jismoniy shaxslar uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi yoki yuridik shaxslar uchun — nomi va tashkiliy-huquqiy shakli);
Ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq kiritilgan yozuv uni kiritish vaqti va sanasi ko‘rsatilgan hamda unga yagona ro‘yxatdan o‘tkazish raqami berilgan holda avtomatik ravishda garov reyestrida qayd etiladi.

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 12-iyundagi 155-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Garov reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 13–18-bandlari.
Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, garov reyestriga yozuvni kiritish vaqti va sanasi kreditorning qarzdor o‘z majburiyatlarini bajarmagan hollarda boshqa kreditorlar va uchinchi shaxslardan oldin undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratishga, boshqa talablarni qanoatlantirishga bo‘lgan navbatini, imtiyozli huquqini aniqlash uchun asos bo‘ladi.
Garov reyestriga yozuv kiritilganligi uchun haq undiriladi, uni undirish shartlari va miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 12-iyundagi 155-sonli “Garov reyestri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarorining 5-bandi.
Kreditor sifatida qatnashayotgan foydalanuvchi tomonidan yozuv kiritish qarzdorning roziligi bilan amalga oshiriladi. Qarzdorning roziligi qarzdorning identifikatsiya ma’lumotlari, shuningdek kreditorning qaysi mol-mulkka huquqi bo‘lsa, o‘sha mol-mulk ko‘rsatilgan holda elektron hujjat tarzida yoki qog‘ozda rasmiylashtiriladi. Qarzdorning yozma roziligi garov reyestridan yozuv chiqarib tashlangunga qadar kreditorda saqlanishi kerak.
Sudning undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish to‘g‘risidagi qonuniy kuchga kirgan qarori to‘g‘risida yozuv kiritish yoxud kiritilgan yozuvdan mol-mulkning bir qismini chiqarib tashlash yoki undagi axborotni o‘zgartirish kreditor tomonidan qarzdorning roziligisiz amalga oshiriladi.
Qarzdorning zimmasida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzlar bo‘lgan taqdirda, davlat soliq va bojxona xizmati organlari qarzdorning roziligisiz yozuv kiritadi.
Tergov va surishtiruv organlari qarzdorning mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanishga doir huquqlarini cheklash (mol-mulkni xatlash, bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish) to‘g‘risida o‘z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilgan taqdirda, qarzdorning roziligisiz yozuv kiritadi.
Agar qarzdor yozuvni noxolis va ishonchsiz deb hisoblasa va kreditor uni chiqarib tashlashni yoki o‘zgartirishni rad etsa, kiritilgan yozuvga doir e’tirozlar qarzdor sifatida qatnashayotgan foydalanuvchi tomonidan garov reyestriga kiritiladi.
Garov reyestridagi yozuvga o‘zgartirish mazkur yozuvni kiritgan foydalanuvchi tomonidan qarzdorning mol-mulki almashtirilgan yoxud mol-mulki tarkibida o‘zgarishlar bo‘lgan yoki qarzdorning o‘zi almashtirilgan, shuningdek sud qarori qonuniy kuchga kirgan hollarda kiritiladi.
Garov reyestridan yozuvni chiqarib tashlash mazkur yozuvni kiritgan foydalanuvchi tomonidan kreditorning qarzdor mol-mulkiga bo‘lgan huquqlari bekor qilingan, majburiyatlar bajarilgan taqdirda va qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi.
Garov reyestridagi yozuvni izlash qarzdor — soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami yoki yozuvning yagona ro‘yxatdan o‘tkazish raqami bo‘yicha amalga oshiriladi.
Garov reyestrini yurituvchi tashkilot yozuvlarni izlash natijalari bo‘yicha elektron hujjat tarzida yoki qog‘ozda garov reyestridan ko‘chirma taqdim etishi mumkin.

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 12-iyundagi 155-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Garov reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 22-bandi.
Garov reyestridan ko‘chirma berilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda haq undiriladi.

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 12-iyundagi 155-sonli “Garov reyestri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarorining 5-bandi.
Garov reyestri yozuvlarini saqlash va muhofaza qilish garov reyestrini yurituvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Garov reyestrini yuritish sohasida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Garov reyestri to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
