Garov reestrining kreditor uchun qanday afzalliklari bor?

 

Afzalliklardan, eng avvalo, O‘zbekiston Respublikasining “Garov reestri to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasi bilan kreditorlarning undiruvni garov narsasiga qaratish bo‘yicha huquqlar aniq belgilab qo‘yilganligini ta’kidlash lozim.

YA’ni, mazkur qonunning 9-moddasiga muvofiq, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, garov reestriga yozuvni kiritish vaqti va sanasi kreditorning qarzdor o‘z majburiyatlarini bajarmagan hollarda boshqa kreditorlar va uchinchi shaxslardan oldin undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratishga, boshqa talablarni qanoatlantirishga bo‘lgan navbatini, imtiyozli huquqini aniqlash uchun asos bo‘ladi.

Bundan tashqari, kreditor garov reestri bazasidan ta’minot sifatida qabul qilinayotgan mol-mulk (aktiv, huquq) garov sifatida foydalanilayotganligi to‘g‘risidagi axborotni qisqa muddatda olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

YUqoridagilardan kelib chiqib, garov reestri kreditorning kredit risklarini kamaytirishga xizmat qilib, kreditlash amaliyotini tezlashtirishni va ko‘char mol-mulk garovi ostida kreditlash hajmini oshishini ta’minlaydi.

SHu bilan birga, garov reestri niyati buzuq garovga qo‘yuvchining garovdagi mol-mulkini sotish imkoniyatlarini cheklagan holda kreditor va xolis sotib oluvchilar manfaatlarini himoya qiladi.