Garov reestridan kimlar foydalanadilar?

Garov reestridan yozuvlarni izlashga cheklovlarsiz barcha shaxslar haqlidir.

Bunda garov reestrining qolgan funksiyalariga kirishga, shu jumladan, izlash natijalariga ko‘ra garov reestridan ko‘chirma berishga ruxsat o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish va avtorizatsiya tartibotidan o‘tgan shaxslar(foydalanuvchilar)ga beriladi.

O‘zbekiston Respublikasining «Garov reestri to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, garov reestrini yurituvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma asosida garov reestriga yozuv kiritish huquqiga ega bo‘lgan kreditor, qarzdor sifatida qatnashayotgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek qonunga asosan mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanishni cheklab qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan tergov hamda surishtiruv organlari, davlat soliq va bojxona xizmati organlari garov reestridan foydalanuvchilar hisoblanadilar.