O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI GAROV REESTRI
Garov reestriga kirish uchun qanday ruxsat olinadi?
Garov reestriga kirish garov reestridagi yozuvni izlash funksiyasidan tashqari faqat foydalanuvchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Foydalanuvchi faqat bitta shaxsiy kabinetga ega bo‘lishi mumkin.
SHaxsiy kabinetni yaratish uchun foydalanuvchi tomonidan garov reestri saytiga elektron ariza beriladi.
Foydalanuvchi garov reestriga yozuvlar kiritish bo‘yicha shartnoma bilan tanishish huquqiga ega hamda ariza berishda ushbu shartnomaning shartlarini belgilangan tartibda qabul qiladi. Bunda foydalanuvchi tomonidan shartnomaning shartlari qabul qilingan vaqtdan boshlab shartnoma tuzilgan deb hisoblanadi.