O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI GAROV REESTRI
2019 yil 1 yanvardan garov reestriga to‘lanadigan to‘lovlar haqidagi ma’lumot
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ““Garov reestri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2014 yil 12 iyundagi 155-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida 2018 yil 29 dekabrdagi 1058-son qaroriga muvofiq 2019 yil 1 yanvardan:
- garov reestriga yozuv kiritilganligi uchun jismoniy va yuridik shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n foizi miqdorida;
- garov reestridan ko‘chirmalar berilganligi uchun jismoniy va yuridik shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining besh foizi miqdorida to‘lov undiriladi.