O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI GAROV REESTRI
Prayis list
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12 iyun 2014 yildagi №155 qarorining 5 punktiga muvofiq
- garov reestriga yozuv kiritilganligi uchun jismoniy va yuridik shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n foizi miqdorida;
- garov reestridan ko‘chirmalar berilganligi uchun jismoniy va yuridik shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining besh foizi miqdorida to‘lov undiriladi;
- tergov va dastlabki tergov organlari, davlat soliq va bojxona xizmati organlari tomonidan garov reestriga yozuvlar kiritish, shuningdek ularga garov reestridan ko'chirmalar berish bepul asosda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 23 iyuldagi PQ-4400-son qaroriga muvofiq mulkning holati (taqiq bor yoki yo‘qligi) to‘g‘risida garov reestri sayti orqali Adliya vazirligining “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan ma’lumot olish bazaviy hisoblash miqdorining 12 foizi miqdorida to‘lov haqi evaziga amalga oshiriladi.